
Sobiq Ichki ishlar vaziri, nafaqadagi general-leytenant Bahodir Ahmedovich Matlyubov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar akademiyasi rahbari vazifasiga tayinlandi. U vazir lavozimidan 2013 yil 14 dekabrda nafaqaga chiqqan edi.
Bahodir Ahmedovich Matlyubov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri bo‘lgunga qadar 2004-2006 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qumitasi raisi sifatida faoliyat olib borgan.
General-leytenant Bahodir Ahmedovich Matlyubov 1952 yilda Samarqand shahrida tavallud topgan. Samarqand davlat universitetining kimyo (1973), huquq (1983) fakultetlarini hamda Ichki ishlar akademiyasini tamomlagan.
1973-1997 yillar davomida Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2001 yilda general-leytenant unvoniga sazovor bo‘ldi. 2004-2013 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi xavfsizlik kengashining doimiy a’zosi hisoblangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar