date

Samarqandda do‘kon sotuvchisi kaltaklandi

Samarqandda do‘kon sotuvchisi kaltaklandi

Samarqand viloyati Urgut tumanidagi savdo do‘konlaridan birida sotuvchi bir nechta shaxslar tomonidan kaltaklab ketildi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video orqali ma’lum bo‘lgan va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy tasdiqladi.

Holat 22-sentyabr kuni soat 18:30 atrofida Urgut tumani “Mergancha” mahallasi hududidagi do‘konlardan birida sodir bo‘lgan. 1993-yilda tug‘ilgan fuqaro X.M. uch nafar tanishi bilan birga do‘konga kelib, bir kun oldin uning ukasi va do‘konda savdo qilayotgan S.Sh. o‘rtasida kelib chiqqan kelishmovchilikni bahona qilib, S.Sh.ni kaltaklab, tan jarohati yetkazgan.

Hozirda Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi “G” bandi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Viloyat IIBning rasmiy bayonotida aytilishicha, “hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.”

Bu holat mahalliy jamoatchilik va do‘kon sohiblari o‘rtasida xavfsizlik va tartibni ta’minlash ahamiyatini yana bir bor ko‘rsatmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda do‘kon sotuvchisi kaltaklandi