Bir necha soat avval, Facebook’ning “Voditeli Tashkenta” guruhi azolaridan biri Toshkent ko‘chalarida YTH sodir etib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchini izlab topishda yordam so‘rab guruhdagilar va Toshkent aholisiga murojaat qildi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.
Uning ma’lum qilishicha, kecha 21 dekabr kuni soat 20:00-22:00 orasida Chilonzor tumani, “Parus” savdo markazi yaqinidagi ulgurji bozori yonida yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, oq rangdagi Nexia rusumli avtomobil 9 yashar bolani urib yuborgan va ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan. Bolakay esa zudlik bilan shifoxonaga olib ketilgan. Guruh foydalanuvchisining xabar berishicha, YTH ishtirokchisi bo‘lgan 9 yoshli bolakay ayni damda shifoxonaning jonlantirish bo‘limida yotibdi.
“O‘sha vaqtda voqea joyida bo‘lgan va ushbu YTHni ko‘rgan insonlarga murojaat qilmoqchiman: Iltimos, voqea joyidan qochib ketgan oq rangdagi Nexia egasini topishda yordam bering.
Bundan keyin hech bir yo‘lovchiga zarar etkazmasligi uchun bu insofsiz va vijdonsiz haydovchini topishda ko‘mak bering.
Kecha sodir bo‘lgan ushbu YTHga guvoh bo‘lgan, biror nimani ko‘rganlardan yordam berishlarini so‘rayman”, deb yozadi guruh a’zosi.
Bugungi kunda tezlikni oshirib, yo‘l qoidalarini buzgani etmagandek, piyodalarni urib ketib, ularga yordam ko‘rsatmayotgan, voqea joyidan juftakni rostlayotgan haydovchilar talaygina. Umid qilamizki, huquq-tartibot organlari xodimlari mazkur jinoyatning tagiga etib, aybdorga nisbatan tegishli chora ko‘radilar. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi