29-sentyabr kuni kechqurun poytaxtning Yashnobod tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar IIBB YHXB matbuot xizmati orqali ma’lumot berildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, soat 21:20 atrofida Jarqo‘rg‘on ko‘chasida harakatlanayotgan ZIL rusumli yuk avtomashinasi va YUTONG markali avtobus o‘zaro to‘qnashdi.
Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagani qayd etilmoqda. Shu bilan birga, transport vositalarida moddiy zarar kuzatilgan.
Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan tekshiruv va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar