date

Yangiyo‘lda Lacetti qurilish chuquriga tushib ketdi

Yangiyo‘lda Lacetti qurilish chuquriga tushib ketdi

Joriy yilning 7 oktyabr kuni tonggi soat taxminan 5:15 larda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Bu haqda huquqni muhofaza qilish organlari ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1990 yilda tug‘ilgan N.N. ismli haydovchi Lacetti rusumli avtomobil boshqarayotgan paytda ehtiyotsizlik oqibatida M34 “Toshkent–Dushanbe” avtomobil yo‘lining 26-kilometrida chuqurga tushib ketgan.

Ushbu hududda yerosti piyodalar o‘tish joyi qurilish jarayonida bo‘lgan va tegishli yo‘l belgilar o‘rnatilgani aytilmoqda. Biroq haydovchi bu belgilarni vaqtida payqamagan.

Hodisa natijasida haydovchi va ikki nafar yo‘lovchi — 1981 yilda tug‘ilgan X.D. hamda 1985 yilda tug‘ilgan A.Sh. — turli darajadagi jarohatlar olgan holda Yangiyo‘l shahar tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan.

Ayni paytda voqea yuzasidan Yangiyo‘l shahar ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Mutasaddilar hodisaning aniq sabablarini o‘rganishmoqda.

Huquqni muhofaza qilish organlari haydovchilarga yo‘l belgilariga diqqat bilan qarash va qurilish uchastkalarida harakatlanishda ehtiyotkor bo‘lishni tavsiya qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangiyo‘lda Lacetti qurilish chuquriga tushib ketdi