date

Paxta terimiga majburlagan mansabdorlar jazoga tortildi

Paxta terimiga majburlagan mansabdorlar jazoga tortildi

Surxondaryo viloyatida davlat xizmatchilari paxta terimiga xodimlarni majburiy jalb qilgani uchun javobgarlikka tortildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Qumqo‘rg‘on tumani hokimining o‘rinbosari N. Jumayeva oila va xotin-qizlar faollariga terimchilarni paxta terimiga chiqarish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Tergov natijasida bu holat tasdig‘ini topdi va unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-modda 1-qismi asosida jarima qo‘llanildi, deb xabar berdi Bandlik vazirligi.

Shuningdek, Buxoro shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Axborot-kutubxona markazi rahbari N. Aminova ham xuddi shunday holat uchun jarimaga tortildi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabariga ko‘ra, paxta yig‘im-terimi mavsumida Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan bolalar mehnati va majburiy mehnatning oldini olish, shuningdek, mehnat qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlash maqsadida doimiy monitoring olib borilmoqda.

Hozirga qadar umumiy hisobda 74 ta mehnat qonunchiligi buzilishi holati aniqlangan. Mehnat qonunlarini buzgan shaxslarga Ma’muriy kodeksning 49-moddasi asosida jarimalar qo‘llanilgan.

Bundan tashqari, 8 nafar mansabdor MJtKning 51-moddasi 1-qismiga binoan jazolandi. Shu bilan birga, 1400 nafardan ortiq terimchi bilan mavsumiy mehnat shartnomalari tuzilishida amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Bandlik idoralari ta’kidlashicha, paxta mavsumida majburiy mehnat holatlariga qarshi kurash qat’iy davom ettiriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Paxta terimiga majburlagan mansabdorlar jazoga tortildi