Qashqadaryoda chekka qishloq bolalariga “Aqlvoy” bog‘cha avtobusi xizmat qilmoqda

Qashqadaryo viloyatining chekka hududlaridagi bolalar uchun maxsus tashkil etilgan “Aqlvoy” avtobus-bog‘cha faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, endi Changak va Qizilqishloq mahallalarida yashovchi kichkintoylar har kuni maxsus jihozlangan avtobusda bog‘chaga keladi. Unda har kuni 16 nafar bola tarbiyachi hamrohligida mashg‘ulotlarda ishtirok etadi.
Darslar yakunlanganidan so‘ng, bolalar shu avtobus orqali o‘z uylariga qaytadi.
Loyiha doirasida 32-sonli bog‘cha tarkibidagi “Mobil A” va “Mobil B” guruhlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ta’kidlanishicha, “Aqlvoy” avtobus-bog‘chalari chekka hududlardagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish va ular uchun barcha qulayliklarni yaratishga xizmat qilmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…