«Rossiya 24» telekanaliga bergan intervyusida Alisher Usmonov O‘zbekistonning soliq rezidentiga aylanishga tayyorligini ma’lum qildi, shuningdek, mamlakatdagi loyihalarga investisiya kiritish va bu erda xayriya jamg‘armasi tashkil qilish niyati haqida gapirib berdi, deb yozadi «Daryo» nashri.
Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federasiyasi prezidenti lavozimidagi muddati tugaganidan so‘ng, uni «kichik vatani» (O‘zbekiston)ga chaqirishmasa, Rossiya soliq rezidenti maqomini qaytarib olishni rejalashtirmoqda.
«Mamlakat 25 yil davomida mustaqillik yo‘li bo‘ylab rivojlanib bordi, uni O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti boshqardi. Endi esa ulkan boshqaruv va davlat tajribasiga ega odam saylandi. Mening fikrimcha, u har qanday muammolarni echa oladi. Men o‘zbek ekanligimdan faxrlanishimni ko‘p bora aytganman. Bu mening ona erim ekanligidan faxrlanaman. O‘zbekiston uchun, rahbariyat uchun foydali bo‘lgan barcha narsani qilishga tayyorman. Doim va har qanday daqiqada. O‘zbekistonga, uning xalqiga va prezidentiga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman», — dedi biznesmen.
O‘zbekistonda investisiyalarni oshirish rejalari haqida berilgan savolga javoban: «Taklif qilingan joyga borish yaxshi. Men, boshqa investorlardan farqli ravishda, doim meni chaqirgan joyga boraman. Ungacha esa mendan so‘rashgan narsa bilan yordam beraman. Albatta rejalashtiryapman. Albatta xohlayman. Kamida u erda xayriya jamg‘armasi ochib, Moskvada qilayotgan loyihalarimni u erda ham amalga oshirmoqchiman. Buni albatta qilishga urinaman. Buning uchun ruxsat olaman», — dedi.
«Iqtisodiyotga investisiya kiritishni rejalashtiryapsizmi?» — degan savolga esa Alisher Usmonov: «Iqtisodiyotga investisiya kiritish esa alohida mavzu, alohida ish, alohida hisob-kitob. Men doim tayyorman», — deya javob berdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi