
«Gazeta.uz» o‘quvchilarning savollariga javoban, Toshkent metropoliteni va boshqa jamoat transportlarida bepul xizmat ko‘rsatish joriy etilmaganini ma’lum qildi.
Nafaqaxo‘rlar uchun metropolitendan 10:00 dan 16:00 ga qadar bepul foydalanishi ehtimoli to‘g‘risida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev saylovoldi uchrashuvlaridan birida so‘zlagan edi.
Tahririyatimizning «Toshshahartransxizmat» kompaniyasidan aniqlik kiritishicha, mazkur masala haqiqatdan ham ko‘rib chiqilmoqda, biroq hozircha hech qanday hujjat qabul qilingani yo‘q. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing