
Jizzax viloyati Mirzacho'l tumanidagi "Mehrli yulduz" xususiy bolalar bog'chasida 24-oktabr kuni 1,5 yoshli qizcha cho'kib vafot etdi. Bu haqda Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 2024-yil 5-mayda tug'ilgan X.F.D. ismli bola bog'cha hududida qarovsiz qolgan.
U tushlikka yig'ilish vaqtida guruhdan uzoqlashib, suv to'ldirilgan basseynga tushib ketgan va suv yutib, halok bo'lgan. Tarbiyachi bir o'zi 26 nafar bolaga qarayotganini ma'lum qilgan.
Halok bo'lgan qizning onasining aytishicha, farzandini bir oy avval ushbu bog'chaga bergan va sodir bo'lgan voqeani "yopishga" urinishgan. Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan zarur xizmat tekshiruvlari olib borilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 116-moddasi bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 