
Toshkent shahrida yashovchi 19 yoshli ofitsiant B.D. o‘zining 18 yoshli hamkasbi A.Sh.ga Telegram orqali o‘z tanasining nomaqbul qismlarini ko‘rsatuvchi videoni yuborgan.
Ushbu video bilan birga, u qizni yaqin munosabatga undovchi nomaqbul mazmundagi xabarlarni ham yo‘llagan. Mirabad tuman ma’muriy ishlar bo‘yicha sudining 30-oktabr kuni chiqargan qaroriga ko‘ra, bu harakatlar O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-1-moddasi 1-qismi bo‘yicha «jinsiy ta’qib» sifatida baholanib, unga 5 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 