Toshkentda YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda YTH sodir bo‘ldi
Poytaxtimizning Yashnobod tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 2025-yil 1-noyabr kuni taxminan soat 16:30da Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasida yuz bergan. Yo‘l-transport hodisasi Changan va Equinox rusumli avtomobillar to‘qnashuvi natijasida sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar YHXB xodimlari tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar