date
views 9 089

Sankt-Peterburgdagi universitet binosidan o‘qituvchining jonsiz tanasi topildi

Sankt-Peterburgdagi universitet binosidan o‘qituvchining jonsiz tanasi topildi

Rossiya tergov qo‘mitasining Sankt-Peterburg boshqarmasi Katta dengiz ko‘chasidagi binodan jonsiz holatda topilgan erkak jasadi yuzasidan tekshiruv ishlarini boshlab yubordi. Bu haqda 9 yanvar kuni tashkilot matbuot xizmati xabariga asoslanib Kun.uz sayti ma’lum qilmoqda.

«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, erkak o‘z joniga qasd qilgan. Bu qanday amalga oshirilgani aniqlanmoqda», — deyiladi ma’lumotda.

RIA Novosti agentligining manbasiga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlarining ma’lum qilishicha, marhum Sankt-Peterburg davlat universitetida aerokosmitikadan dars bergan. O‘limoldi yozuv qoldirmagan.

«Fontanka»ning yozishicha, 1952 yilda tug‘ilgan erkak sifat boshqaruvi kafedrasining laboratoriyasida etakchi bo‘lgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sankt-Peterburgdagi universitet binosidan o‘qituvchining jonsiz tanasi topildi