date
views 9 270

Lola Karimova Los-Anjelesdagi "Oltin globus" kinofestivalining qizil yo‘lakchasida namoyon bo‘ldi

Lola Karimova Los-Anjelesdagi "Oltin globus" kinofestivalining qizil yo‘lakchasida namoyon bo‘ldi

O‘zbekiston Birinchi Prezidenti, marhum Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillaeva Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan "Oltin globus-2017" kinofestivalining qizil yo‘lakchasida namoyon bo‘ldi. Bu haqda CAFB.Asia'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Lola Karimova-Tillaeva "Oltin globus" qizil yo‘lakchasida Tom Ford libosida ko‘rinish bergan. Uzun oqshom ko‘ylagi ilon terisi printlari ishlangan bo‘lib, uni sharf va oq mo‘yna to‘ldirib turibdi.

Qizil yo‘lakchada Lola Karimova-Tillaevadan tashqari ko‘plab Hollivud yulduzlari suratga tushishdi.

"Oltin globus" kinomukofotining 74 - taqdimot marosimi 8 yanvardan 9 yanvarga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tdi.

Bugun Amerikaning Los-Anjeles shahridagi «Beverli Hilton» mehmonxonasida «Oltin globus» kinomukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

«Oltin globus» mukofotini «Eng yaxshi komediya yoki myuzikl» yo‘nalishida «La-La Lend» (La La Land) filmi qo‘lga kiritdi. Shuningdek, ushbu kartina eng yaxshi rejissyorlik ishi, eng yaxshi ssenariy, musiqa va original qo‘shiq yo‘nalishlarida ham mukofotlarga ega bo‘ldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Lola Karimova Los-Anjelesdagi "Oltin globus" kinofestivalining qizil yo‘lakchasida namoyon bo‘ldi