Qarshi shahrida sex hududidagi kafe yonib ketdi

Bugun, 9 noyabr kuni ertalab Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida joylashgan tekstil ishlab chiqarish korxonasi hududidagi kafeda yong‘in yuz berdi.
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa haqidagi xabar soat 08:02 da kelib tushgan. Kafe Qarshi shahrining “Cho‘lquvar” mahallasi, Islom Karimov ko‘chasida joylashgan.
Yong‘in haqida xabar kelib tushishi bilanoq, soat 08:06 da 5 ta yong‘in-qutqaruv guruhi va 2 ta maxsus texnika tezkor ravishda voqea joyiga yetib borgan.
FVBning rasmiy bayonotida ta’kidlanishicha, hozircha hodisa oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Tegishli xizmatlar yong‘in sabablarini aniqlash bo‘yicha tekshiruvni boshlagan.






























Izohlar 0
…