
Britaniyalik harbiy jurnalist, Ikkinchi jahon urushi boshlangani haqida birinchi bo‘lib xabar bergan Kler Hollinguort 105 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda "Bi-Bi-Si"ga asoslanib "Kun.uz" xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, u o‘zi 60 yildan buyon istiqomat qilib kelgan Hongkongda vafot etgan.
Hollinguort xonim 1939 yilning sentyabrida Polshadan Germaniyaga ketayotganida nemis qo‘shinlari chegarani buzib o‘tayotganiga guvoh bo‘lib qolgandi. U darhol o‘z ko‘rganlari haqida xabar tarqatgan.
O‘zining jurnalistik faoliyati davomida u Vetnam, Jazoir, Hindiston, Pokiston va Yaqin Sharqda ishlagan, shuningdek, Xitoydagi madaniy inqilob voqealarini yoritgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar