date

Ko‘chmas mulk qarz sabab auksionga chiqarildi

Ko‘chmas mulk qarz sabab auksionga chiqarildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor MCHJdan undiruvchi “Ipak yo‘li bank” AITB foydasiga 102.384 AQSH dollari miqdorida kredit qarzdorligini undirish va undiruvni garov mulki bo‘lgan qarzdor A.A ga tegishli bo‘lgan Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan ko‘chmas-mulkka qaratish belgilangan.

Ijro varaqa bo‘lim ish yurituviga kelib tushgach, shu kunning o‘zida tegishli tartibda ijro ishi qo‘zg‘atilib, taraflarga huquq va majburiyatlari tushuntirilgan hamda qarzdorga qarzdorlikni qoplash uchun ixtiyoriy muddat berilgan.

Ushbu ijro hujjati yuzasidan ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablar qarzdor tomonidan belgilangan muddatda bajarilmaganligi sababli, yuqoridagi ko‘chmas-mulk xatlanib band solingan va hozirda garov shartnomasiga asosan 855.762,7 ming so‘mga boshlang‘ich bahoda auksion savdolariga chiqarilgan.

Auksion savdosidan tushgan pul mablag‘lari qarzdorlikni qoplashga va undan qolgan mablag‘ Qonun doirasida qarzdorga qaytarilishi ta’minlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ko‘chmas mulk qarz sabab auksionga chiqarildi