7 720
“O‘zstandart” agentligi do‘konlarda sotilayotgan sifatsiz pishloq, sut, sosiskalarni aniqladi.
Ayni vaqtda barchamiz iste’molchi hisoblanamiz va ba’zan ayrim mahsulotlarning yoki xizmat turining sifati pastligiga duch kelishimiz mumkin. Bunday hollarda, albatta, o‘sha mahsulotni qayta sotib olmaymiz yoki shu xizmat turidan boshqa foydalanmaymiz. Endilikda ana shunday sifat darajasiga mos kelmaydigan, ya’ni qat’iy belgilangan standart me’yorlariga javob bermaydigan iste’mol mahsulotlari sotuvdan olib qo‘yiladigan bo‘ldi.
“O‘zstandart” agentligi o‘zining veb-sayti orqali aholiga sifatsiz deb topilgan mahsulotlar haqida ma’lumot berishni boshlaydi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.
Xabarlarga qaraganda, 2016 yilda agentlik tomonidan 14 ta hududda 49 xildagi mahsulotlardan namunalar olinib, ular sinovdan o‘tkazildi.
“O‘zstandart” laboratoriyasiga keltirilgan mahsulotlar bozor va do‘konlardan sotib olindi va mutaxassislar tomonidan tekshirildi.
Tahlil natijalari 20 ta mahsulotning belgilangan hujjat talablariga mos kelmasligini ko‘rsatdi.
Masalan, Gollandiya pishlog‘i organoleptika va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha GOST 7616-85 2.3 va 2.5 bandlariga to‘g‘ri kelmasligi aniqlandi. Pishloq yorliqlanishi bo‘yicha ham standartga mos emas.
Sterilizasiyalangan sut mahsuloti ham laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazilganida, mahsulot yorlig‘ida saqlash sharoitlari to‘la ko‘rsatilmaganligi aniqlandi. Energetik quvvati ham hujjatdagi ko‘rsatkichga mos kelmaydi.
Shuningdek, “Delikatesnыe” sosiskalari ham konsistensiya, ranggi, kesilgandagi ko‘rinishi, hidi va ta’mi bo‘yicha standartga mos kelmasligi aytilgan.
Aytish kerakki, “O‘zstandart” agentligi hozircha sifatsiz mahsulotlarning faqatgina umumiy nomini keltirib o‘tgan. Kelgusida sifatsiz deb topilgan mahsulotning to‘liq nomi va ishlab chiqaruvchisi haqida aniq ma’lumotlar ham beriladi.
“O‘zstandart” agentligi tadbirkorlarga murojaat qilar ekan, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishda sifatga mas’uliyat bilan e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlab o‘tadi.
Agentlik O‘zbekiston ahliga yuzlanib, “O‘zstandart” agentligi tomonidan sifatsiz deb topilgan mahsulotlarni bozorlarda yoki savdo majmualarida sotilayotganligini guvohi bo‘lsangiz, zudlik bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi va “O‘zstandart” agentligining 150-23-00 “Ishonch telefoni”ga xabar berishingiz so‘raladi”, deya murojaat qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi