Oramizda hayotning mohiyatini faqat puldan iborat, deb hisoblaydigan kimsalar borki, ular o‘ziga qolsa har narsani shu qarichda o‘lchaydi. Biroq bu o‘lchov bilan uzoqqa borish imkonsiz ekanini tushunavermaydi. Tushunganida esa... Noqonuniy valyuta oldi-sotdisini o‘ziga kasb qilganlar ham shu toifa insonlardandir. Boisi, valyutafurushlar qilayotgan ishlarini jinoyat ekanini bilsalarda-da, bu yo‘lni tark etishni istamaydilar, deb yozadi Kun.uz sayti.
“Huquq” gazetasining yozishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament organlari tomonidan bu kabi holatlarni aniqlash hamda ularning faoliyatiga barham berish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, departamentning Sariosiyo tuman bo‘limi tomonidan olingan tezkor ma’lumotga asosan, IIB xodimlari bilan hamkorlikda Sariosiyo tumanidagi “Buyrapush” mahallasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Abduhakim Hasanov, Samanbek Norchaev va Abduolim Xidirov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) fuqarolar O.Shamilov va N.Do‘smatovga 10 500 AQSh dollarini 68 mln. 775 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlandi.
Aybdorlarga nisbatan jazo muqarrarligi ta’minlandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi