7 443
31 yanvar kuni O‘zbekistonda Lola Karimova boshchiligida xalqaro konferensiya ish boshlaydi
31 yanvar kuni Toshkentda “Ijtimoiy inklyuziya: bolalar ijtimoiylashuvidagi yangi yo‘nalishlar” mavzuidagi Xalqaro konferensiya o‘z ishini boshlaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi, “Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi raisi, O‘zbekiston gimnastika federasiyasi prezidenti, Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi vasiylik kengashi raisi Lola Karimova-Tillyaeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar berdi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.
“Ijtimoiy inklyuziya – ma’lum bir guruhning jamiyatga uyg‘unlashuvi tushunchasini anglatadi. Mazkur tushuncha imkoniyati cheklangan va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarga nisbatan ularga o‘zga bolalar qatorida jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirok etishi uchun sharoit yaratib berish hamda ularning tashqi muhit bilan uyg‘unlashuvi va ijtimoiylashuvi jarayonida to‘g‘anoq bo‘luvchi vaziyatlarni oldini olish va hal etish ma’nosida qo‘llaniladi.
Xalqaro konferensiya bolalar ijtimoiy inklyuziyasi sohasidagi o‘zbekistonlik va chet ellik mutaxassislar orasida muloqot va malaka almashinuviga yaxshi imkoniyat yaratib beradi”, deydi Lola Karimova-Tillyaeva.
Ma’lumot berilishicha, xalqaro konferensiya doirasida umumiy va seksiya yig‘ilishlari, davra suhbatlari, poster taqdimotlar va master klasslar bo‘lib o‘tadi. Ularda xalqaro ekspertlar tomonidan pedagoglar, tibbiyot xodimlari, psixologlar, huquqshunoslar, ijtimoiy soha vakillari va huquqni himoya qilish organlari vakillari uchun xatar guruhidagi bolalar bilan ishlash, ularni himoya qilish, ushbu bolalarning ta’lim-tarbiyasi va rivojlanishi borasidagi zamonaviy metodikalar xususida so‘zlab beriladi.
Xalqaro konferensiya “Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar fondi va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Sog‘liqni saqlash, Mehnat vazirliklari, Toshkent shahar hokimiyati, shuningdek, YuNISEF va YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonalari, “Kamolot” YoIH ko‘magida tashkil etilmokda
Konferensiya ishida 200 ga yaqin mahalliy va xorijiy mutaxassislar, jumladan, O‘zbekistonning vazirlik va idoralari, YuNISEF, YuNESKO, BMTning Taraqqiyot dasturi kabi xalqaro tashkilotlar vakillari, diplomatik korpus, shuningdek, Belorussiya, Germaniya, Isroil, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Rossiya va Qozog‘iston kabi davlatlardan ekspertlar ishtirok etadilar.
Lola Karimova-Tillyaeva bir necha yillardan buyon turmush o‘rtog‘i Temur Tillyaev bilan birgalikda ko‘plab xayriya loyihalarini amalga oshirib keladi. “Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar fondi ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarga yordam qo‘lini cho‘zish bilan shug‘allansa, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi imkoniyati cheklangan bolajonlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, boshqalardan ajralib qolmasligida keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda. Karimova-Tillyaeva o‘z faoliyatidagi navbatdagi muvaffiyatli rejalari haqida so‘z ochar ekan, “ Konferensiya natijalari imkoniyati cheklangan va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarning ijtimoiy integrasiyasi tizimini takomillashtirishga katta hissa qo‘shadi, deb umid qilaman”, deb yozadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi