date

Nurafshondagi avtoturargoh loyihasi atrofidagi bahslarga rasmiy tus berildi

Nurafshondagi avtoturargoh loyihasi atrofidagi bahslarga rasmiy tus berildi

Toshkent viloyati hokimligi oxirgi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamaga aylangan Nurafshon shahridagi avtoturargoh masalasiga oydinlik kiritdi. Ayrim postlarda go‘yoki faqat avtoturargoh uchun 4,5 milliard so‘m ajratilgani ta’kidlanib, jamoatchilik orasida turli savollar paydo bo‘lgan edi.

Hokimlik ma’lumotida qayd etilishicha, bu mablag‘ faqat avtoturargoh emas, balki katta kompleksning bir qismi sifatida ko‘zda tutilgan. Viloyat prokuraturasiga qarashli qariyb 1 gektar maydonda infratuzilmani zamonaviylashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli loyiha amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha asosida:

  • avtoturargoh,
  • xizmat ko‘rsatish nuqtalari,
  • elektromobillar uchun zaryad stansiyalari,
  • yashil hududlar,
  • piyodalar yo‘laklari,
  • drenaj va irrigatsiya tizimlari

barpo etilishi, shuningdek, quyosh panellari o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Hokimlik ta’kidlashicha, qaror matnidagi “avtoturargoh qurish uchun” yozuvi ayrim tushunmovchiliklarga sabab bo‘lgan. Aslida esa bu — avtoturargohni o‘z ichiga olgan butun infratuzilma majmuasi haqida ketmoqda.

Loyihaning dastlabki qiymati 5,9 mlrd so‘m etib baholangan. Biroq mutaxassislar tomonidan ayrim xarajatlar qayta ko‘rib chiqilib, optimallashtirilgan. Natijada umumiy mablag‘ 4,5 milliard so‘mga tushirilgani ma’lum qilindi.

Hokimlik jamoatchilikni noto‘g‘ri talqinlarga berilmaslikka va rasmiy ma’lumotlarga asoslanishga chaqirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Nurafshondagi avtoturargoh loyihasi atrofidagi bahslarga rasmiy tus berildi