07:15 / 03.02.2017
12 576

Toshkentda chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar ma’lum bo‘ldi

Toshkentda chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar ma’lum bo‘ldi

Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2016 yilda O‘zbekiston poytaxtida Islom, Sofya, Imron, Imona va Farzona ismlari eng ko‘p qo‘yilgan ismlar bo‘ldi, deb yozadi Sof.uz sayti.

Egizaklarga esa an’anaviy Hasan-Husan, Fotima- Zuhra ismlari qo‘yilgan.

Toshkent shahar adliya boshqarmasining ma’lumotiga qaraganda, Toshkent shahrida 19 mingga yaqin nikoh qayd qilingan. 2016 yilda 49881 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Bu 2015 yildagiga nisbatan mingtaga ko‘pdir.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Davlat statistika qo‘mitasi mamlakatdagi demografik holat bo‘yicha hisobot e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, respublika aholisi 2016 yilda 401,8 ming kishiga ko‘paygan va 32,121 million nafarni tashkil etgan.

O‘tgan yil davomida 726,8 ming bola dunyoga kelgan. Toshkent va Navoiy viloyatlarida tug‘ilish koeffisienti sezilarli oshgani qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar ma’lum bo‘ldi