Uyquning maqsadi - insonga ortiqcha narsalarni unutib, yaxshilarini eslab qolishga yordam berish. 2 fevral kuni Science jurnalida chop etilgan yangi ilmiy ishlar "sinaptik gomestaz gipotezasi" nomi bilan mashhur bu nazariyani tasdiqlaydi, deb yozadi Kun.uz sayti.
Hisobotlardan birida gipoteza mualliflari, Viskonsin universiteti mutaxassislari Julio Tononi va Kyara Sirelli sinapslar (asab impulsini uzatish joylari) hajmi va shaklini o‘rganishga oid tajriba haqida ma’lumot berishgan, tajriba sichqonlarda o‘tkazilgan. Ma’lum bo‘lishicha, uyqudagi jonivorlarda bunday aloqa zonalari tetik kishilarga qaraganda 18 foizga kam bo‘lar ekan. Bunday tafovut mutaxassislarning o‘zlarini ham ajablantirdi.
Ikkinchi holatda Jons Hopkins universiteti xodimi Grem Diring xuddi shu gipotezani sinash uchun sichqonlar miyasidagi proteinlarni o‘rgangan. Natijada shartli belgi olgan Homer1A proteini topilgan - u uyqu vaqtida sinapslarning "kesilishi"da muhim rol o‘ynaydi. Genetik jihatdan o‘zgartirilgan sichqonlarda o‘tkazilgan tajribalar yordamida olimlar Homer'ning mavjudligi yoki yo‘qligi kemiruvchilar xotirasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatganini tasdiqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Xususan, tadqiqot mualliflarining baholariga ko‘ra, mazkur proteinsiz uyqu jarayoni sichqonlarning qo‘rqinchli xotiralarini o‘chirmagan. Nazorat guruhida esa uyqudan keyin qo‘rquv yo‘qolgani ma’lum bo‘lgan.
The New York Times gazetasi bu tadqiqotlarni baholar ekan, boshqa mutaxassislar "yangi natijalar sinaptik gomestaz gipotezasining so‘zsiz isboti hisoblanmasligi"ni ta’kidlab o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi