
Surxondaryoda 16 yoshli yosh yigit otasining avtomashinasida sodir etgan yo‘l-transport hodisasida 2 kishi hayotdan ko‘z yumdi.
Jarqo‘rg‘on tumanida yosh fuqaro otasining Cobalt avtomashinasida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Nexia avtomobili bilan to‘qnashgan. Hodisa natijasida ikki fuqaro vafot etgan.
Yigitning qarindoshlari uning dadasi uxlayotgan paytda mashinani olib ketganini va yo‘lning notekis joyida qochishga harakat qilganini ta’kidladilar. “Mingchinor mahallasiga borib, podyomdan pastga tushayotganida chuqurga tushib ketaman deb Nexiaga urildi”, deydi ular.
Avtohalokat natijasida Nexia haydovchisining onasi va farzandi halok bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.