
Turkiya prezidenti Rajap Toyib Erdo‘g‘onning Germaniya kansleri Angela Merkel bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilayotgan Anqaradagi uchrashuvi chog‘ida nizo paydo bo‘ldi, deydi "Diydoraziz" sayti.
Merkel so‘zlayotgan paytda «islomiy terror» iborasini ishlatganki, bu Turkiya prezidentining noroziligiga sabab bo‘lgan.
Germaniya kanslerining so‘zini bo‘lgan R.T.Erdo‘g‘on «islomiy terror» iborasi musulmonlarning chuqur taassufini keltirib chiqarayotganini aytdi.
«Bunday ifoda noto‘g‘ri va uni ishlatib bo‘lmaydi. Chunki islom va terror – bu ayro tushunchalardir. «Islom» so‘zining asl ma’nosi tinchlik. Agar biz mazkur bir-biriga zid tushunchalarni birgalikda ishlatsak, u holda mazkur din vakillarining hissiyotlarini haqoratlagan bo‘lamiz», — dedi Erdo‘g‘on. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar