date

Jidda–Toshkent reysida yo‘lovchining yuragi to‘xtab qoldi, samolyot favqulodda qo‘ndi

Jidda–Toshkent reysida yo‘lovchining yuragi to‘xtab qoldi, samolyot favqulodda qo‘ndi

Jiddadan Toshkentga yo‘l olgan 9S-3306 reysi bortda kutilmagan tibbiy falokat sodir bo‘lgach, Bahrayn aeroportiga shoshilinch tarzda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “Air Samarkand” kompaniyasi ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, parvoz davomida yoshi ulug‘ ayol yo‘lovchining yuragi to‘xtab qolgan. Holatni baholagan havo kemasi komandiri va ikkinchi uchuvchi eng yaqin aeroportga tezkor qo‘nish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Samolyotga joyidayoq tibbiy brigada chaqirilgan.

Shu vaqtda bortkuzatuvchilar jamoasi qo‘nishgacha yo‘lovchiga barcha imkoniyatlarni ishga solib, zarur yordamni ko‘rsatgan. Samolyot qo‘ngandan so‘ng, mahalliy shifokorlar reanimatsion tadbirlarni davom ettirib, yo‘lovchining holatini barqarorlashtirishga erishishgan. Ayol shifoxonaga yetkazilgan va hozirda davolanmoqda.

Reys Bahraynda yonilg‘i quyib olgach, parvozni qayta davom ettirgan va Toshkentga taxminan 2 soat kechikish bilan, 15 dekabr kuni soat 9:49 da yetib kelgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Jidda–Toshkent reysida yo‘lovchining yuragi to‘xtab qoldi, samolyot favqulodda qo‘ndi