date

Andijonda is gazi sabab 52 yoshli erkak vafot etdi

Andijonda is gazi sabab 52 yoshli erkak vafot etdi

Andijon viloyatida is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq navbatdagi fojiali holat qayd etildi. Ma’lum qilinishicha, 52 yoshli erkak ko‘mir yoqilgan qo‘lbola isitish pechidan chiqqan is gazi ta’sirida hayotdan ko‘z yumgan.

Voqea joriy yilning 1 dekabr kuni soat taxminan 15:55 larda Andijon tumanidagi “Chavkandaryo” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida sodir bo‘lgan. 1973 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘z xonadonida is gazidan zaharlanib, og‘ir ahvolda tuman Tez tibbiy yordam bo‘limiga yetkazilgan.

Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan, u 12 dekabr kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialida vafot etgan. Sud-tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasiga ko‘ra, marhumda is gazidan og‘ir darajada zaharlanish, koma holati hamda o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligi aniqlangan.

Ayni paytda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda is gazi sabab 52 yoshli erkak vafot etdi