Moskva shaxrida ”Jurnalistika: ijod, kasb, industriya” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.(7-8 fevral, 2017 yil) O‘qish ishida qatnashayotgan “O‘zbekiston ovozi” gazetasining muxbiri, jurnalistlar ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi raisi Muxammadjon Obidov Rossiya Federasiyasining “TASS” Axborot agentligi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Mixail Gusman bilan uchrashib blis-intervyu oldi. Quyida ana shu suhbat bilan tanishasiz.
— Mixail Solomonovich, Sizni siyosiy intervyu janrida o‘ziga xos maktab yaratgan jurnalist sifatida bilamiz. Lekin suhbatni boshqa mavzudan boshlasak. Elektron OAVlarining an’anaviy bosma nashrlardan “o‘zib” ketayotganini qanday izohlash mumkin?
— Elektron OAVlari internet, televidenie, radioning birlamchi yutug‘i axborotni tezkor uzatish imkoniyatida. Keling, buni qo‘ya turaylikda tezkorlik imkoniyatining “noqulayliklari” haqida gaplashaylik. Elektron OAVlarining qo‘rqinchli tomoni shundaki, ulardagi tezkorlik imkoniyati tufayli biz voqelikning sodir bo‘lish jarayonini kuzatayapmiz. Qanday bo‘lsa shundayiga. Masalan, Amerikadagi 11 sentyabr voqealari, Iroqni bo‘mbalash jarayoni, kosmodromdan ko‘tarilayotgan raketaning portlab ketishi… Endi o‘ylab ko‘ring, yuz millionlab tomoshabinlar orasida necha-nechasi yurak xurujiga uchradi, bolalar ruhiyati xastalandi, vujudni qo‘rquv qopladi. Bunday tezkorlik insoniyat tafakkuriga, jumladan salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ham inobatga olish zarur.
— Ijtimoiy tarmoq internet jurnalistika, OAV sining bir ko‘rinishimi?
— Yo‘q-yo‘q. Ijtimoiy tarmoq hech qachon jurnalistika bo‘la olmaydi. U muloqot uslubigina xolos. Albatta bu mening shaxsiy munosabatim. Xonamda meva sharbati ichib bo‘shagan stakanni stolga qo‘ygan chog‘imda bir hamkasbim uni suratga olib feysbukka joylabdi. 15-20 daqiqa ichida 120 dan ortiq murojaat va sharh keldi mening elektron manzilimga. Unda “bo‘shatilgan stakanga tikilgan Gusman nimalar haqida o‘ylanmoqda” deb yozilgandi. Nahotki shu jurnalistika bo‘lsa?!
— Amerikadagi prezidentlik saylov natijalariga xakerlarning kiberhujumi ta’sir ko‘rsatgan, deya davo qiladilar…
— Ha, shunday gaplar bor. Bilasizmi, kiberhujumdan hech kim muhofazalanmagan. Dunyoda ikki yuzdan ziyod davlat axborot agentligi bor. Ularga bir kecha-kunduzda 4 mingdan ziyod kiberhujum uyushtirilar ekan. Bu juda xavfli fojea. Amerikaning yirik axborot agentliklaridan biri saytiga kirgan kiberhujumchi uning nomidan Oq uyda portlash yuz bergani, Prezident Obama yarador bo‘lgani haqida axborot tarqatdi. To‘g‘ri uni 16 sekunddayoq payqab saytdan olib tashladilar. Ammo ana shu 16 sekund ichida “tezkorlik fidoyilari” bo‘lgan o‘nlab internet saytlarda bu soxta xabar tarqalib ulgurgan edi. Endi tushungandirsiz, kiberhujum qanday oqibatlarga olib kelishini.
— Davlat televideniesiga nisbatan xususiy televideniyalarda tanqid, taxlil, ochiqlik sezilarli darajada ko‘proq uchraydi, deydi mutaxassislar. Siz-chi?
— Har qanday OAV, jumladan televidenie faoliyatida Vatan manfaati degan tuyg‘u ustun turadi. U xoh Amerika, xoh Evropa, xoh Rossiya OAV bo‘lmasin. Masalan, “Franspress” moliyaviy mustaqilman, deydi o‘zini. Lekin davlat uning obro‘sini tashkil etish yo‘li bilan bu Axborot agentligini qo‘llab quvvatlaydi. Demak, har qanday OAVsi davlat, u olib borayotgan siyosat bilan qaysidir darajada bog‘liq. Men uchun mansubligi jihatidan davlat yoki xususiy OAV emas, haqqoniy jurnalistika muhim.
— Aytishlaricha Siz 64 mamlakat prezidenti va davlat raxbarlaridan intervyu olgan ekansiz. Agar sir bo‘lmasa reja, o‘ylaringiz qanday?
— Men avvalo Rossiyadagi eng yirik axborot agentligi rahbarlaridan biriman. Prezident, bosh vazirlardan intervyu olish esa ko‘ngil va ilhom ishi. Ochig‘ini ayta qolay, O‘zbekistonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni katta qiziqish bilan kuzatib borayapman. Agar rozilik bersa, men O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashib undan intervyu olgan bo‘lar edim.
Muxammadjon Obidov “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar