
Toshkentda bolalarni qoʻllab-quvvatlash va ularga yangi yil kayfiyatini ulashish maqsadida anʼanaviy “Prezident archasi” aksiyasi doirasida bayram tadbirlari tashkil etildi. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.
Bu yilgi bayramga “Mehri bonlik” va “Muruvvat” uylari tarbiyalanuvchilari, “SOS” bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylari hamda xizmat vazifasini bajarish chogʻida halok boʻlgan huquq-tartibot organlari xodimlarining farzandlari taklif etildi.
Ishtirokchilar uchun sahnalashtirilgan tomoshalar, interaktiv oʻyinlar va taniqli sanʼatkorlar chiqishlarini oʻz ichiga olgan dastur taqdim etildi. Tadbir har bir bolaga eʼtibor qaratilgan quvonchli muhitda oʻtdi.
Yakunda bolalarga Oʻzbekiston Prezidenti nomidan yangi yil tabrigi oʻqib eshittirildi. Murojaatda har bir bola mamlakat kelajagi va bebaho boylik ekani taʼkidlandi.
Joriy yilda 11,1 mingta prezident sovgʻasi tayyorlangani maʼlum qilindi. Toʻplamga 24 turdagi oʻquv anjomlari va 34 xil shirinlik kiritilgan. Sovgʻalar tasdiqlangan jadval asosida hududlarga yetkazib berilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.