6 101
O‘zbekiston parlamenti deputati Ilhom Abdullaev Turkmanistondagi saylov jarayonida hayratda qoldi!
Turkmanistondagi umumxalq saylovlari katta bayramga aylanib ketdi. Barcha uchastkalarda shirinliklar ulashildi, konsertlar uyushtirildi. Xalqaro tashkilotlarning 154 nafar kuzatuvchilari jarayonlarni kuzatib hayratlarini yashirishmadi. Ayniqsa, saylov uchastkalarining texnik jihatdan mukammal jihozlangani ularning e’tiborini tortdi.
10 mingdan ortiq oppoq oltin ornamentlar bilan bezalgan yarimmetal-yarimplastik kabinalarda saylovchilar uchun ajoyib qulayliklar yaratildi. Kabinaga parda orqali emas, eshik orqali kirilishi, ichkarida maxsus yo‘riqnomalar yopishtirilgani, muqobil yoritish tizimi bilan ta’minlangani diqqatga sazovordir.
"Kabinalar o‘ta mukammal, haqiqiy san’at asari desa bo‘ladi. Ta’rifga til ojiz. Hali bunaqasini ko‘rmagandim!”, deya TASS muxbiri bilan o‘z fikrlarini o‘rtoqlashdi Shanxay hamkorlik tashkilotidan kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan, O‘zbekiston quyi parlamenti deputati Ilhom Abdullaev.
Turkmaniston O‘zbekiston parlamenti deputati, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikasiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Fraksiyasi a’zosi Ilhom Abdullaevning ona yurti hisoblanadi. U 1965 yilda Chorjo‘y shahrida tavallud topgan. 1985 yilda Turkman Davlat pedagogika universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha fizik-matematik bo‘lgan Abdullaev parlamentda 2010 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib keladi.
Saylovdagi davomat 97,27 foizni tashkil etdi.
Manba: Vodiymedia.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi