
Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, Nukusda firibgarlikda gumon qilingan 1974 yilda tug'ilgan erkak qo'lga olindi. Bu haqda upl.uz xabar beradi.
Huquq-tartibot idoralariga 1984 yilda tug'ilgan Nukus shahri fuqarosi murojaat qilib, tanishiga umumiy qiymati 938 mln so'mga teng turli zargarlik buyumlarini bergani, biroq ular uchun pulni ololmagani aytilgan.
Shundan so'ng gumonlanuvchi ayolga ichki ishlar organlaridagi “tanish tergovchi” orqali mablag'ni tezroq qaytarib berishni “hal qilib berish”ini va'da qilgan hamda buning evaziga 200 mln so'm so'ragan.
Tezkor tadbirlar davomida erkak maxsus kimyoviy modda bilan oldindan ishlov berilgan pullarni olayotgan paytda ushlangan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 3-qism “Firibgarlik” moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi. Unga 8 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tahdid qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.