
Milliy statistika qo‘mitasi matbuot xizmati 2025 yilning dastlabki 9 oyi bo‘yicha farzandli bo‘lgan ota-onalarning yosh kesimidagi ma’lumotlarini e’lon qildi. Bu haqda upl.uz xabar beradi.
Qayd etilishicha, yanvar–sentabr oylarida Oʻzbekistonda 664,6 ming nafar tirik tug‘ilish ro‘yxatga olingan. Eng ko‘p hollarda ayollar ham, erkaklar ham 25–39 yosh oralig‘ida ota-ona bo‘lgan.
Otalar yoshi bo‘yicha: 25 yoshgacha — 74 946 kishi (11,3%), 25–39 yosh — 542 512 kishi (81,6%), 40 yosh va undan yuqori — 47 140 kishi (7,1%).
Onalar yoshi bo‘yicha: 25 yoshgacha — 269 823 kishi (40,6%), 25–39 yosh — 385 424 kishi (58%), 40 yosh va undan yuqori — 9 351 kishi (1,4%).
Raqamlar shuni ko‘rsatadiki, 25 yoshgacha bo‘lganlar orasida ayollar erkaklarga nisbatan ancha ko‘p ona bo‘lmoqda — bu ko‘rsatkich erkaklarnikidan 3 baravardan ham yuqori. Aksincha, 40 yoshdan keyin otalik qilayotganlar ulushi erkaklarda deyarli 5 baravar ko‘p.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.