
Ijtimoiy himoya agentligi matbuot xizmati xabariga ko'ra, Rossiyada og'ir ahvolga tushib qolgan O'zbekiston fuqarosiga yordam ko'rsatildi. Bu haqda upl.uz xabar beradi.
Qayd etilishicha, Rossiya Federatsiyasining Ijtimoiy moslashuv markazi murojaati asosida O'zbekiston Ijtimoiy himoya agentligi va boshqa tegishli davlat idoralari hamkorlikda chet elda qiynalib qolgan fuqaroni qo'llab-quvvatladi. Aniqlanishicha, u sog'lig'i bilan bog'liq muammolarga duch kelgan va barcha hujjatlarini yo'qotib qo'ygan.
Natijada, 2025 yil 30 dekabr kuni fuqaro “Moskva–Istanbul–Toshkent” yo'nalishi bo'yicha tibbiyot xodimlari kuzatuvida O'zbekistonga olib kelindi va Toshkent viloyat ijtimoiy qo'llab-quvvatlash markaziga joylashtirildi.
Shuningdek, agentlik fuqaroning hujjatlarini tiklashda ko'mak so'rab Ichki ishlar vazirligiga rasmiy murojaat yuborgani bildirildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.