Aliment puli undirib berildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining qaroriga ko‘ra, qarzdor R.M. dan undiruvchi Z.M. foydasiga voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun har oylik ish haqi va boshqa daromadlaridan aliment undirish belgilangan edi.
Biroq, qarzdor uzoq vaqt davomida mazkur majburiyatni bajarmagan. Majburiy ijro byurosi Chirchiq shahar bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga nisbatan bir necha bor tushuntirish va profilaktik ishlar olib borildi.
Unga aliment to‘lamaslikning oqibatlari, farzandlarning huquqlari va ota-onaning mas’uliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Olib borilgan ishlar natijasida qarzdor o‘z xatosini anglab yetdi va farzandlari oldidagi burchini bajarishga qaror qildi. U 300 mln. so‘m miqdoridagi aliment qarzini to‘liq to‘lab, undiruvchiga topshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!