date

Qashqadaryo viloyatida so‘nggi yillarda jami 4700 dan ziyod yangi namunaviy uylar qurildi

Qashqadaryo viloyatida so‘nggi yillarda jami 4700 dan ziyod yangi namunaviy uylar qurildi

Qashqadaryo viloyatida 2009-2013 yillarda namunaviy loyihalar asosida 3 ming 560 uy-joy bunyod etilib, foydalanishga topshirildi. Joriy yilda ham bu boradagi ishlar izchil davom ettirilib, 1 ming 172 uy-joy qurildi, Bu haqda «UzA»ga asoslanib «Kun.uz» xabar berdi.

Qarshi tumanidagi Bog‘obod qishloq fuqarolar yig‘iniga qarashli Uzunnavo massivida qurilish ishlari yakunlangan to‘qson ikki namunaviy uyga egalari ko‘chib o‘tdi. Ular orasida Ulug‘bek Haqqulov ham bor.

- Davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanib, mana shunday, havas qilsa arzigulik uy-joyga ega bo‘ldik, - deydi U.Haqqulov. - Bunday turar joyda yashashning gashti o‘zgacha. Ayniqsa, bolalarning quvonchini ko‘rib, odamning hayotga bo‘lgan qiziqishi yanada ortadi.

Uzunnavo massivida barpo etilgan mo‘’jaz stadion, bolalar maydonchasi, profilaktika inspektori va mahalla posboni xonalarini o‘z ichiga olgan guzar, tikuvchilik sexi, oziq-ovqat do‘koni hamda sartaroshxona aholiga katta qulaylik yaratmoqda.

Foto: uza.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryo viloyatida so‘nggi yillarda jami 4700 dan ziyod yangi namunaviy uylar qurildi