Kelin-kuyov bo‘ron tufayli dovonda qolib ketishdi

Kelin-kuyov bo‘ron tufayli dovonda qolib ketishdi
Kelin-kuyov bo‘ron tufayli dovonda qolib ketishdi

Qozog‘istonning Chimkentida bo‘lib o‘tgan to‘ydan so‘ng kelin-kuyov va ularning bir necha do‘sti Baydibek tumaniga qarab yo‘l olishdi. Biroq Shabiq-bel dovonida kuzatilgan kuchli bo‘ron tufayli ular o‘z uylariga etib bora olishmadi. “Bellarigacha” qorga botgan yigit va qizlar yordam so‘rab qutqaruvchilarga murojaat qilishdi. Bu haqda BNews.kz'ga asoslanib Kun.uz yozmoqda.

«21-fevral kuni 08:08da Favqulodda holatlar bo‘yicha Baydibek tumani bo‘limiga Chimkentdan Aqtasga yo‘l olgan besh yengil avtomobil haqida ma’lumot kelib tushdi, biroq ular Shibiq-bel dovonida qorga botib qolishgan. Qutqaruv ishlarini o‘tkazish uchun hodisa joyiga tezkorlik bilan Favqulodda holatlar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik Kanat Auelbekov va uch nafar qutqaruvchi yo‘l oldi», - deya xabar berdi Janubiy Qozog‘iston viloyati Favqulodda holatlar bo‘yicha departamentining qutqaruv bo‘linmasi rahbari Pavel Vishenin.
Kelin-kuyov bo‘ron tufayli dovonda qolib ketishdi

«Trekol» yo‘ltanlamasida hodisa joyiga etib kelgan qutqaruvchilar dovonda besh avtomobil va olti kishi borligini, ulardan besh nafari, jumladan kelin-kuyov juda yengil to‘y liboslarini kiyib olganini aniqlashdi. Ular isitish punktiga olib ketildi.
Kelin-kuyov bo‘ron tufayli dovonda qolib ketishdi

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, Baydibek tumanida 9-15 fevral kunlari 120 kishi xavfsiz joyga ko‘chirildi, “qor asirligi”dan 41 texnika “ozod qilindi”.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar