Xiaomi 15 dollarlik yangi elektr buragichni taqdim etdi

Xiaomi kompaniyasi Xitoyda oʻzining yangi asbobini — Xiaomi Mijia Electric Straight Handle Screwdriver elektr buragichini namoyish qildi. Qurilma taxminan 99 yuan (taxminan 15 dollar) narxida sotuvga chiqishi kutilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Ushbu model 2000 mA·soat sigʻimli akkumulyator bilan jihozlangan boʻlib, tez-tez quvvatlantirmasdan uzoq vaqt ishlashga moʻljallangan. Kompaniyaning taʼkidlashicha, toʻliq quvvat 600 tagacha vintni burashga yetadi, quvvatlantirish esa universal USB-C porti orqali amalga oshiriladi.
Elektr buragich bir nechta aylantirish momenti darajalarini qoʻllab-quvvatlaydi: elektr rejimida 4 N·m gacha va qoʻlda ishlatilganda 8 N·m gacha. Konstruksiyada metall planetar reduktor qoʻllanilgan boʻlib, u ish barqarorligini oshiradi va tiqilib qolish xavfini kamaytiradi.
Toʻplam tarkibiga 18 ta nasadka, qorongʻida ishlash uchun oʻrnatilgan yoritgich va mahkamlagichlarni oʻrnatishni osonlashtiruvchi magnitli ushlagich kiradi. Barcha elementlar saqlash va tashish uchun moʻljallangan ixcham, zarbga chidamli keysga joylashtirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!