18:20 / 22.02.2017
9 007

Asomiddin Tojiyev: “100 million so‘mga shahardan 50 kv metrli kvartira olish mumkin”

Asomiddin Tojiev: “100 million so‘mga shahardan 50 kv metrli kvartira olish mumkin”

Bugun, 22 fevral kuni Toshkent shahridagi Asaka bank bosh boshqarmasi binosida “O‘zbekiston Respublikasining qishloq joylarida va shaharlarida arzon va qulay uy-joylarni qurish istiqbollari“ga bag‘ishlangan ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

Anjumanda raislik qiluvchi Iqtisodiyot vazirligi bo‘lim boshlig‘i G‘ofur Jamolov, “Davarxitektqurilish” qo‘mita raisi o‘rinbosari Asommidin Tojiev, “Qishloq qurilish bank” boshqaruv raisi o‘rinbosari Akmal Eshonqulov va Respublika qurilish sohasini muvofiqlashtiruvchi boshqa tashkilot, idora vakillari bugungi kunda olib borilayotgan qurilish ishlari va loyihalarga to‘xtalib o‘tdi. Yig‘ilish so‘nggida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

“O‘ziga to‘q fuqarogina uy olishga qurbi etar edi. Hozir ham shahar markazida xususiy kompaniya pudratchilari ko‘p qavatli binolarni qurmoqda. Lekin hammaning buni sotib olishga puli etadimi?”, degan mulohazani o‘rtaga tashladi Asomiddin Tojiev. U, shuningdek, davlat tomonidan namunali loyiha asosida qurilayotgan arzon uy-joylarning, avvalo, arzon ekanligiga urg‘u berdi:

“Masalan, biz qurayotgan uyning 1 kv metri 1,940,000 so‘mdan qimmat emas. Bu degani, 50 kv metr joyga ega xonadon taxminan 100 million so‘m bo‘ladi. Bunday uyni ipoteka krediti orqali bemalol sotib olishingiz va kelgusi 15 yilda to‘lash ikoniyati mavjud”, deb qo‘shimcha qildi u.

Anjumanda yangragan savollardan biri, “Uy-joy olayotgan shaxs ayni hududda doimiy ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsachi?”, degan mazmunda bo‘ldi. Bunga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bo‘lim boshlig‘i G‘ofur Jamolov quyidagicha javob berdi:

“Ma’lum belgilangan norma mavjud. Shu bois doimiy ro‘yxatdan o‘tmagan fuqaro, belgilangan tartibda uyni sotib olishi mumkin”.

Bundan ayon bo‘ladiki, masalan, jismoniy shaxs Toshkent shahridan uy yoki xonadon sotib olishda qonunda ko‘zda tutilgan shartlardan tashqari imkoniyatlari cheklangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Asomiddin Tojiyev: “100 million so‘mga shahardan 50 kv metrli kvartira olish mumkin”