date

Sudda berilgan huquqiy tushuntirishlar oilani saqlab qoldi

Sudda berilgan huquqiy tushuntirishlar oilani saqlab qoldi

Afsuski, ba’zan baxtli hayot kechirib, farzandlar ko‘rgan oilalar ham arzimagan sabablarga ko‘ra ajralishib ketishadi. Buning oqibatida farzandlarning ta’minoti masalasi sudgacha yetib boradi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning buyrug‘iga asosan, A.A. hisobidan T.T. foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish bo‘yicha ijro hujjati Byuroning Jizzax shahar ish yurituviga kelib tushgan. Qarzdor aliment qarzini to‘lamaganligi sababli, qarzdorlik 10 mln. so‘mdan oshgan.

Ijro harakatlari davomida MJtKning 47 prim 4 - moddasiga asosan chora ko‘rish uchun Sudga yuborilgan. Sud jarayonida mas’ullar tomonidan tomonlarga to‘g‘ri huquqiy tushuntirishlar berish natijasida oila yarashib, qayta tiklandi. Shu tariqa ijro ishi amalda tamomlandi va norasida bola ota-ona mehriga to‘yib o‘sadigan bo‘ldi.

Bu holat, oilalarning barqarorligini ta’minlash va farzandlarning huquqlarini himoya qilishda huquqiy mexanizmlarning ahamiyatini namoyon etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Sudda berilgan huquqiy tushuntirishlar oilani saqlab qoldi