17:29 / 23.02.2017
5 750

Shanxay sobiq vise-meri qariyb 7 mln dollar pora olgan

Shanxay sobiq vise-meri qariyb 7 mln dollar pora olgan

Shanxay ma’muriyati rahbarining sobiq o‘rinbosari Ay Baoszyun 6,28 million dollar miqdorida pora olishda aybdor deb topildi. Bu haqda Sina internet-portaliga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Eshituvlar yakuniga ko‘ra aniqlanishicha, Ay Baoszyun “sovg‘a-salom hamda pullarni olgan, qarindoshlari tijoriy foyda olishlarini ta’minlash maqsadida xizmat vazifalarini suiste’mol qilgan”. Sobiq amaldorga hukm keyinroq chiqariladi.

Ay Baoszyun 2007 yilning dekabrida Shanxay vise-meri etib tayinlandi, u bunga qadar Xitoyning Baosteel yirik metallurgiya korporasiyasini boshqargan. 2013 yilning sentyabridan Ay Baoszyun Shanxay erkin savdo zonasini boshqarish bo‘yicha qo‘mitaga ham rahbarlik qilgan. 2015 yilning noyabrida esa unga nisbatan partiya ichida tartib-intizom bo‘yicha surishtiruv o‘tkazilishi haqida e’lon qilindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shanxay sobiq vise-meri qariyb 7 mln dollar pora olgan