O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida bugun, 24 fevral kuni Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda Qalampir.uz yozmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida Qarshi va Shahrisabz shaharlarida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari bu ikki qadimiy shahar qiyofasini tubdan o‘zgartirib yubordi. Qarshi shahrining hududi 9 ming gektardan 17 ming gektarga, Shahrisabz shahrining hududi 3 ming 300 gektardan 4 ming 900 gektarga kengaytirildi.
2016 yilda Qashqadaryo ustidagi qadimiy Amir Temur ko‘prigi rekonstruksiya qilinib, daryoning ikki qirg‘og‘ida Qarshi ahli va mehmonlar dam oladigan so‘lim maskanlar barpo etildi. Toshkent – Qarshi yo‘nalishi bo‘yicha yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” tezyurar elektr poezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturida bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish, mamlakatning barcha hududlari qatori Qashqadaryo viloyati rivojini ham yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha ulkan reja va maqsadlarni bayon etgan edi. Prezident Qashqadaryoga tashrifi davomida ana shu rejalar ijrosi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va istiqbolli loyihalar bilan tanishishi ko‘zda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi