09:40 / 26.02.2017
9 870

Filippin qirg‘oqlarida navbatdagi antiqa jonzotlar aniqlandi

Filippin qirg‘oqlarida navbatdagi antiqa jonzotlar aniqlandi

Filippinning Mindanao orolining sohillarida mahalliy aholi bir nechta antiqa baliqlar jasadlarini topishdi. Ta’kidlanishicha, bu chuqur suv ostida yashaydigan dengiz ilonlari bo‘lgan. Ular fevral o‘rtalarida bu mamlakatda yuz bergan zilzila oqibatida yuqoriga chiqarib tashlangan. Ulardan eng kattasining uzunligi 12 metrga etgan, deb yozmoqda Kun nashri.

Dengiz ilonlari suv sirtidan yarim kilometrcha chuqurlikda yashaydilar, shuning uchun odamlar ularga kamdan-kam hollarda uchraydilar. 11 fevralda yuz bergan kuchli zilziladan keyin Agusan del Norte shahri aholisi katta o‘lchamli dengiz iloni jasadini aniqlagan. Keyinroq yana bir nechta shunday jasadlar aniqlangan. Yana bitta dengiz iloni jasadi Kagayan de Oro shahri sohillarida aniqlangan.

Filippinlik seysmologlar dengiz ilonlari zilziladan ogoh qilib sohillarga otilishi haqidagi mahalliy irimlarni rad etib keladilar. Bu jonzotlar turli qisqichbaqasimonlar bilan oziqalanadilar va sayoz joylarda yashamaydilar, ularning chuqurlikdan yuqoriga ko‘tarilishlari ularga ochlikdan o‘lish bilan xavf soladi.

O‘z navbatida, yapon olimlari bu antiqa baliqlar zilzila haqida "xabar berish" uchun suv sirtiga chiqadi, deb hisoblaydilar. Ular chuqurlikda yashaganlari sabab, go‘yoki tektonik plitalar siljishini sezadilar.

Hanuzgacha dengiz ilonlari batafsil o‘rganilmagan. Odatda, olimlar ularning tirik holda emas, balki sohillarga chiqarib tashlangan jasadlari bilan ish ko‘rishlariga to‘g‘ri keladi.

Bundan avvalroq Filippin sohillarida noma’lum jundor mahluq jasadi aniqlangandi. Keyinroq aniqlanishicha, bu ikki hafta avval o‘lgan kitning chiriyotgan jasadi bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Filippin qirg‘oqlarida navbatdagi antiqa jonzotlar aniqlandi