Filippinda kuchli zilzila: qurbonlar soni ortmoqda

Filippinning janubida joylashgan Mindanao oroli qirg‘oqlari yaqinida 8 iyun kuni kuchli zilzila sodir bo‘ldi. 7,8 magnitudali yer silkinishi oqibatida kamida 35 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi.
Tabiiy ofatdan so‘ng hududda yuzdan ortiq aftershoklar kuzatilgan. Kuchli silkinishlar natijasida 200 dan ortiq fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Ayni paytda qutqaruv va tiklash ishlari davom etmoqda.
Rasmiylar vayronalar ostida qolgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan fuqarolarni izlash ishlarini olib bormoqda. Zilzila ko‘plab uy-joylar va infratuzilma obyektlariga jiddiy zarar yetkazgani aytilmoqda.
Fojia munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev Ferdinand Markosga hamdardlik bildirib, ta’ziya yo‘lladi.
Mutaxassislar hududda yana takroriy zilzilalar kuzatilishi mumkinligini istisno etmayapti va aholiga ehtiyot choralariga qat’iy amal qilishni tavsiya qilmoqda.





























Izohlar 0
…