14:54 / 26.02.2017
10 306

Qarshi shahridagi “Nasaf” stadioni hududida zamonaviy basseyn qurilmoqda

Qarshi shahridagi “Nasaf” stadioni hududida zamonaviy basseyn qurilmoqda

Qarshi shahrida ko‘p tarmoqli suzish havzasi va zamonaviy dam olish maskani barpo etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga qilgan tashrifi davomida mazkur loyiha bilan tanishdi, deb yozadi “Qalampir” sayti.

Suzish havzasi va dam olish maskani avvalgi “Nasaf” stadioni hududida qurilmoqda. 25 metrga 11 metr o‘lchamdagi 2 ta suzish havzasi 4,7 gektar maydonni egallagan. Basseynlar suvni tozalash, isitish hamda haroratni mo‘tadil saqlash uskunalari bilan jihozlanadi.

Majmua ilg‘or va tejamkor, shu bilan birga zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanadi. Alohida kiyinish, yuvinish xonalari tashkil etiladi. Bunday zamonaviy sharoitlar suzish bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan kishilar sonining ortishiga va yoshlarning barkamol voyaga etishiga xizmat qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarshi shahridagi “Nasaf” stadioni hududida zamonaviy basseyn qurilmoqda