
Toshkent shahridagi Rossiya ta’lim va madaniyati markazi rasmiy saytida joriy yil 9-10 mart kunlari o‘tkaziladigan sinov imtihonlari jadvali e’lon qilindi.
"9 martdan 10 mart sanasiga qadar Toshkent shahridagi Rossiya ta’lim va madaniyati markazida gumanitar (ijodiy) yo‘nalishlar bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi", — deyilgan e’londa.
Test sinovlari Rossiya oliy o‘quv dargohlari vakillari ishtirokida o‘tkazilishi ta’kidlangan.
Imtihonlarga pasport, ruchka, kalkulyator va telefonsiz kelish so‘ralgan.
"Hujjatlar to‘plami test sinovlari yakuni bo‘yicha tayyorlanadi", — deb qo‘shimcha qilingan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning fevra oyida Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Rossiy oliy o‘quv yurtlarida bepul o‘qish uchun ro‘yxatga olish boshlanganini e’lon qilgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar