Toshkentda “Isuzu” atrofida janjal avj oldi, tergov boshlandi

Toshkentda “Isuzu” atrofida janjal avj oldi, tergov boshlandi
Qisqacha

9-fevral kuni Toshkent shahri Uchtepa tumanida “Isuzu” haydovchisi, uning yo‘lovchisi va bir guruh fuqarolar o‘rtasida tortishuv ortidan janjal yuz berdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, X.N. temir jism bilan O.S.ning bosh qismiga zarba berib, unga tan jarohati yetkazgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, gumonlanuvchilar ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda yuk avtomashinasi haydovchisi va bir guruh fuqarolar o‘rtasida keskin tortishuv chiqqanini aks ettirgan video keng tarqaldi. Videodagi holat jamoatchilik orasida turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur voqea yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 9-fevral kuni Uchtepa tumani Yusuf Sakkokiy mahallasi hududida “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi — 2001 yilda tug‘ilgan N.A. (yo‘lovchisi — 2005 yilda tug‘ilgan X.N.) hamda fuqarolar — 1993 yilda tug‘ilgan S.S., 1990 yilda tug‘ilgan O.S., 2006 yilda tug‘ilgan S.A. va 2008 yilda tug‘ilgan A.A. o‘rtasida avval tortishuv, keyin esa janjal kelib chiqqan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, janjal jarayonida yuk avtomashinasi yo‘lovchisi X.N. temir jism bilan fuqaro O.S.ning bosh qismiga zarba berib, unga tan jarohati yetkazgan.

Holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi — “Bezorilik” bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan. Ayni paytda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar