Kecha Toshkent shahrida navbatdagi yirik yong‘in ro‘y berdi. Hodisa Forobiy va Chig‘atoy ko‘chalari kesishmasi yaqinida joylashgan tibbiy-sog‘lomlashtirish majmuasida ro‘y bergan. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, qayta ta’mirda bo‘lgan binoning tom qismidagi 20 kv.m. maydon yongan.
Yong‘inni o‘chirish uchun 4ta YoO‘Elari va 2ta avtonarvon jalb qilingan. Yong‘in soat 17.01da qurshab olinib, soat 17.07da o‘chirilgan.
Ayni damda yong‘in sababi aniqlanmoqda.
Xabarga ko‘ra, yong‘in sodir bo‘lgan joyga Toshkent shahar IIB YoXB rahbariyati, YoO‘Sh boshlig‘i, navbatchi guruhi hamda tuman IIB YoXB rahbar va xodimlari chiqishgan.
Eslatib o‘tamiz, biroq avvalroq Toshkent shahrida bir necha yirik yong‘in ro‘y bergandi. Xususan, 23 fevral kuni Toshkent shahar, Chilonzor tumani, S-mavzesi, Cho‘pon Ota ko‘chasi 28A-uyda joylashgan ma’muriy binoda yong‘in sodir bo‘lgan bo‘lsa, 27 fevral kunining ikkinchi yarmida Toshkent shahridagi «Wyndham Tashkent» mehmonxonasi yonidagi biznes markazida (eski nomi - «Leto bar») yong‘in ro‘y bergan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»