date

Bekobodda YTHdan so‘ng yo‘qolgan jasad 60 kundan beri topilmadi.

Bekobodda YTHdan so‘ng yo‘qolgan jasad 60 kundan beri topilmadi.

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida 2025 yil 11 dekabr kuni sodir bo‘lgan YTH atrofidagi bahsli ishda eng og‘ir savol ochiq qolmoqda: 43 yoshli fuqaroning jasadi hali-gacha topilmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur hodisada fuqaro jarohat olgan, ammo uni shifoxonaga olib borish o‘rniga boshqa yo‘l tutilgani haqida iddaolar bor. 2026 yil 11 fevral kuniga kelib, marhum qidirilayotganiga 60 kun bo‘ldi, biroq murda suvdan chiqmadi.

Marhumning yaqinlari jasad kanalga tashlanmagan, balki boshqa joyga yashirilgan bo‘lishi mumkin, degan gumonni o‘rtaga tashlamoqda. Ular aytishicha, viloyat hokimi ko‘magida kanalning bir qismi vaqtincha yopilgan, suv miqdori pasaygach qidiruv ancha osonlashgan. Shuningdek, mahalla ahli va qarindoshlardan iborat taxminan 150 nafar kishi kanalga tushib, qidiruv ishlarida qatnashgan, ammo natija bo‘lmagan.

Eslatilishicha, YTH sodir etilgan Nexia-3 avtomobilni Bekobod shahar IIBning tezkor xodimi boshqargani aytilmoqda. Mahalliy manbalarda qarama-qarshi tomondan kelayotgan haydovchi voqeaga guvoh bo‘lib qolgani, jarohatlangan fuqaroni shifoxonaga olib borish zarurligini ta’kidlagani haqida ham xabar berilgan. Keyinroq, qidiruv ishlari boshlangan va ish bo‘yicha turli versiyalar muhokama qilinmoqda.

Hozircha eng asosiysi — jasad qayerda? Yaqinlar esa “qidiruv davom etayapti, ammo natija yo‘q”, deya xavotir bildirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Bekobodda YTHdan so‘ng yo‘qolgan jasad 60 kundan beri topilmadi.