date

Oilaviy mojaro: kelin va bola ijaradan o‘z uyiga qaytarildi

Oilaviy mojaro: kelin va bola ijaradan o‘z uyiga qaytarildi
Baxmal tumanida oddiy oilaviy kelishmovchilik katta huquqiy mojaroga aylandi. Qaynona va boshqa oila a’zolarining er-xotin munosabatlariga aralashuvi oqibatida kelin yosh farzandi bilan uyni tark etishga majbur bo‘lgan.

Natijada kelin farzandi bilan kvartirada ijarada yashay boshlagan. Qizig‘i, kuyov ham onasiga qarshi chiqa olmay, turmush o‘rtog‘i va farzandi bilan birga ijarada yashashga majbur bo‘lgan. Ro‘zg‘or xarajatlari ustiga ijara to‘lovi oilaga og‘ir botgan.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, uy mulkdorining oila a’zolari va u bilan doimiy yashagan shaxslar turar joydan mulkdor bilan teng foydalanish huquqiga ega. Ular o‘zlarining voyaga yetmagan farzandlarini ham ushbu uyga ko‘chirib kiritish huquqiga ega. Hatto oilaviy munosabatlar yomonlashgan taqdirda ham, ularning yashash huquqi saqlanib qoladi.

Shu asosda kelin sudga murojaat qilgan. Sud qaroriga ko‘ra, uning voyaga yetmagan farzandi bilan uyga majburiy tartibda kiritish belgilangan.

Ijro hujjati Byuroning Baxmal tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, davlat ijrochisi, mahalla raisi va mas’ul xodimlar ishtirokida kelin va bolaning uyga majburiy kiritilishi ta’minlandi. Natijada yosh ona va bolaning qonuniy yashash huquqi tiklandi.

Oilaviy kelishmovchilik qanchalik kuchli bo‘lmasin, qonun ustuvor. Hech kimni, ayniqsa bolani, qonuniy huquqi bo‘lgan uydan asossiz chiqarib yuborish mumkin emas.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Oilaviy mojaro: kelin va bola ijaradan o‘z uyiga qaytarildi