date

Toshkentda qurol haqida so‘ragan yigit shifoxonaga joylashtirildi

Toshkentda qurol haqida so‘ragan yigit shifoxonaga joylashtirildi

14 fevral kuni atrofdagilarga uyali telefonidagi qurol suratini ko‘rsatib, uni qayerdan sotib olish mumkinligini so‘ragan fuqaro ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga joylashtirildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa Toshkent shahri Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasida sodir bo‘lgan. 2006 yilda tug‘ilgan S.M. ismli fuqaro atrofidagi odamlarga telefonida saqlangan qurol tasvirini ko‘rsatib, uni qayerdan xarid qilish mumkinligi bilan qiziqqan. Shundan so‘ng u voqea joyidan ketib qolgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilgan. Tekshiruv jarayonida fuqaroning ruhiy holati sog‘lom emasligi aniqlanib, u tegishli tartibda ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga joylashtirilgan.

Ma’lum qilinishicha, tekshiruv yakunlariga ko‘ra ushbu holat bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi belgilangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda qurol haqida so‘ragan yigit shifoxonaga joylashtirildi